AI faqat dasturchilarni almashtirdimi?

Hamma joyda AI haqida eshitamiz. Hamma AI haqida va yo'qolib ketayotgan ishlar haqida gapirishni boshladi. Bu gaplarga o'zim ham qo'shilaman AI hozirgi kunda dasturchilarni ishini tubdan o'zgartirib yubordi, bilimning qadri avvalgidek emas. Oldinlari IT kompaniyalarga dasturchilar havodek zarur edi, endichi? Hozirgi vaqtda bitta yaxshi team lead/CTO bo'lsa bo'ldi. Jamoani qolgan qismini juniorlar bo'lsa ham AI agentlar bilan insonlar ishlarini juda yaxshi bitira boshladi.

AI'ning rivojlangani bir tomondan menga ham yoqdi, ishni tez va oson hal qilish mumkin. Oxirgi 5 oydan beri vibe coding qilaman, umuman manual code yozmadim. Code review qilishni ham AI ga topshirib qo'yganman. Har kuni "Claude Code" ishlataman. Qiziq tomoni shundaki avval bitta ishni bitirish uchun butun boshli jamoa ishlagan bo'lsa endi 1ta engineer o'zi vibe coding qilib to'liq app qurishi mumkin. Misol tariqasida Ember ni olishimiz mumkin. Loyihani to'liq vibe coding qildim frontend/backend va telegram botni. Undan tashqari PWA bor hammasini "Claude Code" bilan yozib chiqdim. 2 haftada loyihani beta versiyasini ishga tushirdim. Bu rostmana zo'r narsa lekin bir narsani qo'shimcha qilib aytib o'tishim kerak.

Loyihani qurishdan tashqari yana boshqa ishlar ham bor edi. Bular dizayn(UI/UX), video tayyorlash(montaj), telegram kanal uchun post yozish(copywriting). Bularni ham AI orqali ya'ni Claude Code orqali qildim. Chunyabsiz-a? Butun boshli loyihani solo-founder sifatida claude ishlatib turib qurdim va loyihada hozir 6ta user bor(albatta hammasi tanishlar) lekin endi yaxshi sotuvchi bo'lganimda balki bozorda o'rnini topayotgan va pul ishlayotgan inson ham bo'lishim mumkin edi.

Digital har qanaqangi narsalarni AI o'zi qilib berishni boshladi to'g'ri juda professional darajada emas, ammo to'g'ri prompt yozishni biladiganlar yaxshi resultatlar qilishyabdi. Bundan keyin creative insonlar va o'z xizmatini sotishni bilganlar bozorda bemalol non topa olishsa kerak.

Loyiha qurish juda osonlashib ketdi lekin shu bilan birga hali uni maintain qilish ham bor unga bo'lsa ko'p holatda ko'proq qo'llar kerak bo'ladi 🙂 Mijoz aynan bir product orqasida solo-founder emas balki team turganini bilsa ishonchi ortadi.

SaaS qurish balki unchalik ham yaxshi yechim emasdir degan hayoldaman chunki Emberni bozorga borib ko'rsatganimda ba'zi sotuvchilar loyihamga qiziqdi va o'zligi ishlatayotgan SaaS ni ko'rsatib oldindan to'lov qilib qo'yishganligini aytishdi. Shu payt chundimki bizda mijozlar unchalik ham loyal emas balki yangi narsalarni ishlatib ko'rishni hohlashmas ekan. Bitta narsani o'rganib olib o'sha bilan yurishsa ularga ancha выгодно ekan. Shunda hayolimga Adobe bilan bo'lgan voqea keldi, gap ArtCraft haqida. ArtCraftdagilar Adobeda bor hamma mahsulotlarni tekin qilib chiqarib yuborishdi buni orqasidan Adobeni qisman bo'lsa ham zarar ko'rdi deb o'ylayman. Bundan keyin mijozni ishonchiga team qilib kirib olmasangiz yoki ular sizga oldindan pul to'lashmasa endi sizni kompaniyangizni ham osonlikcha replace qilib yuborishligi mumkin.

Xulosa

Hamma SaaS qura oladigan zamonga keldik. Endi faqat dasturchilar almashtirilinishi emas balki digital ishlar, SaaS kompaniyalarni ham oson almashtirishligi mumkin. Biznes model va servis ustida yaxshiroq ishlashimiz kerak.

Kanalga obuna bo’ling: t.me/sayfulla_notes

← all posts