Qabul qilishning 5 bosqichi
Har bir inson o'zida qandaydir qiyinchilikni boshidan o'tkazganidan keyin o'sha bo'lib o'tgan ishlarni qabul qilishi uchun quyidagi bosqichlardan o'tadi.
1-bosqich. Inkor
Bu narsa sodir bo'lmadi, bu rost emas degan fikrni inson o'ziga qaytaraveradi. Ko'pincha vaziyatni chunishga harakat qilmaydi va bu aslida yo'q narsa deb yuraveradi.
2-bosqich. G'azab
Nega aynan men bilan bo'ldi, nega boshqalar emas? - degan savollarni juda ko'p beradi. Atrofdigilarni ayblaydi.
3-bosqich. Savdolashish
Qaniydi bunaqa bo'lganida yoki o'sha payt bu ishni boshqacharoq qilsam bo'larkan, balki shu ishni qilsam hammasi o'zgarar edi - degan fikrlarni ko'p oldinga suradi.
4-bosqich. Tushkunlik
Endi nima? - degan savollarni inson o'ziga bera boshlaydi. Chuqur qayg'u va ko'pincha o'zida bo'shliqni his qiladi. Hech narsa qilgisi kelmay qoladi. Balki kelajakka qiziqichi ham yo'qolishi mumkin
5-bosqich. Qabul qilish
Inson vaziyatni o'zgartira olmasligini tan oladi. Bo'lib o'tgan ishdan xulosa chiqaradi va keyinchalik nima qilishini aniqlashtirib, bo'lgan voqealik bilan yashashni boshlaydi.