Sayfulla's blog

Git va GitHub haqida

Git image

Barchasini boshlashdan oldin siz buni bilishingiz kerak. “Git” va “Github” umuman boshqa-boshqa narsalar va turli maqsadlarda qo’llaniladi. Davomini postni o’qish jarayonida bilib olasiz.

Ushbu postda quyidagilar bilan tanishasiz:

  • Version Control System nima?
  • Git nima va uni yaratilish tarixi qanday?
  • Github nima va githubga o’xshash qanday platformalar bor?
  • Open-source projectlar nega kerak?

Demak boshladik!

Version Control system(VCS) nima?

VCS - bu qandaydir dasturdagi o’zgarishlarni kuzatib boruvchi va o’sha dastur ustida jamoaviy ishlashga yordam beruvchi yana bir dastur. VCS orqali jamoalar o’z dasturini ustida tezroq va samaraliroq ishlay olishadi. Tasavvur qiling siz 1.2-versiyadagi dastur ustida ishlayabsiz va birdaniga sizda production(klient ishlatayotgan dastur)da xatolik kelib chiqdi va shu holatda dasturni tuzatishdan ko’ra oldingi versiyaga 1.1 ga qaytish osonroq bo’lishi mumkin shunday holatlarda bizga VCS yordamga keladi.

Hozirgi kunda bir nechta mashhur VCS dasturlari bor unga misol qilib:

Git nima va uni yaratilish tarixi qanday?

Git - bu VCS bo’lib 2005-yilda Linux operatsion tizimining asoschisi Linus Torvalds tomonidan yaratilgan. Linux ochiq kodli operatsion tizim bo’lib unda avvaliga loyihadagi o’zgarishlarni kuzatib borish uchun Bitkeeper nomli VCS dan foydalanilgan lekin keyinchalik Linux operatsion tizimi ustida ishlashni hohlovchi dasturchilar ko’payib ketganidan so’ng boshqaruv bilan bir qator muammolar kelib chiqadi. Shunda Linus Torvalds o’zining VCS tizimini ya’ni Git ni ishlab chiqadi. Git orqali siz kim qanday va qachon o’zgartirish kiritganini ko’ra olasiz.

Github nima va githubga o’xshash qanday platformalar bor?

Github - bu dastur(kod)larni saqlash, ulashish, nazorat qilish uchun mo’ljallangan online hosting. Bu hosting dan foydalanib dasturchilar jamoaviy bo’lib ishlay olishadi. Git orqali esa biz shu hosting ga o’z kodlarimizni jo’natishimiz yoki hosting dan o’chirishimiz mumkin. Hozirda Github orqali siz o’zingizga qiziq bo’lgan istalgan turdagi ochiq kodli loyihalarni topishingiz mumkin.

Jamoaviy bo’lib ishlash uchun Githubga o’xshash bir qator platformalar mavjud ularga misol qilib:

ni olishimiz mumkin.

epos.uz da ishlagan paytlarim Bitbucket ishlatar edik. Hozirda global loyihalar uchun Github dan foydalanaman.

Open-source projectlar nega kerak?

Open Source ya’ni kodlarni ochib qo’yish ko’pchilik uchun ahmoqlikdek tuyuladi. Lekin ochiq kodli dasturlarni o’ziga yarasha yaxshi tomonlari ham bor:

  1. Siz malakali dasturchilarni kodini ko’rib analiz qilib tajriba orttirishingiz mumkin.
  2. Yaxshi loyihalarga qo’shilib olsangiz siz uchun ajoyib portfolio bo’lishi mumkin.
  3. O’z ochiq kodli dasturlaringizni community bilan birga tekinga qurishingiz mumkin.
  4. Loyihangiz global bozorga chiqishi mumkin.

Hoziroq Githubdan o’zingizga qiziq bo’lgan loyihani topishingiz mumkin: https://github.com/explore